Mag‘lubiyatdan keyin “Real” bir guruh futbolchilaridan voz kechadigan bo‘ldi

  • 19 aprel, 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchilarining joriy mavsumda qayd etayotgan natijalari klub rahbariyatini bezovta qilmoqda. Jamoa La Ligada peshqadamlikni ashaddiy raqib “Barselona”ga boy berdi, Evropa Chempionlar ligasi chorak finalining har ikki uchrashuvida ham “Arsenal”dan zaifligi ko‘rinib qoldi.

Tecno

Relevo nashrining yozishicha, salbiy natijalar ayrim o‘yinchilar shartnomasi bo‘yicha klubning qarorini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Xo‘jayinlarning shartnomasi tugayotgan Luka Modrich, Xesus Valexo, Lukas Vaskes va David Alaba bilan hamkorlik bo‘yicha qarashlari o‘zgardi. Bular orasida faqatgina 39 yoshli Modrich yangi bitimga umid qilishi mumkin.

32 yoshli David Alabaning kelajagi iyunda yangi formatda tashkil etiladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin hal etiladi.

“Qirollik klubi” Xesus Valexo bilan xayrlashishga qaror qilganiga ancha bo‘ldi. 33 yoshli Lukas Vaskes esa, o‘rnini yozda klubga keladigan Trent Aleksander-Arnoldga bo‘shatib berishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!