Magnus Karlsen: "Abdusattorov favoritlar qatorida"

  • 24 dekabr, 2024, 12:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar AQShning Nyu-York shahrida “Rapid va blits bo‘yicha Jahon chempionati”  bo‘lib o‘tadi. Unda umumiy 189 nafar shahmatchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Amaldagi chempion Magnus Karlsen jahon chempionatidagi eng kuchli besh raqibi haqida gapirdi. 

Tecno

"Menimcha, dastlabki ikki o‘rinni aniqlash oson - bu Xikaru Nakamura va Alireza Firuzja. Ehtimol, ularning o‘rni almashib ham ketishi mumkin. Keyingisi shubhasiz, Fabiano Karuana. Uesli So ehtimol bu formatda juda ko‘p durang o‘ynaydi, biroq u ilgari bu erda qatnashmagan, shuning uchun u qanday natija ko‘rsatishini kuzatish qiziq bo‘ladi. Abdusattorov esa, albatta, favoritlar ro‘yxatida bo‘ladi.

Shuningdek, men Arjun Erigaisi o‘zining o‘ziga xos uslubi bilan eng favorit shaxmatchilar qatoridan joy olishini aytgan bo‘lardim.

Xulosa qilib aytganda, taxminim shunday: Xikaru, Alireza, Fabiano, Arjun va Nodirbek", - deya o‘zining taxminlarini bildirib o‘tdi norvegiyalik grossmeyster. 

Ma’lumot uchun, turnirda Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov, Javohir Sindarov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Afruza Hamdamova kabi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etishadi. Ular bugun jo‘nab ketishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!