Maguyir shartnomani uzaytirganidan so‘ng hissiyotlari bilan bo‘lishdi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr klub bilan shartnomani uzaytirgandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Manchester Yunayted" safida o‘ynash – bu eng katta sharaf. Bu men va oilam uchun har kuni faxrli mas’uliyat. Men shu ajoyib klubda qolish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Jamoada barcha sovrinlar uchun kurashishga qat’iy qaror qilgan va men ishonamanki, eng yaxshi lahzalarimiz hali oldimizda", — dedi Maguayr klub matbuot xizmati orqali.
Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" Angliya chempionatining turnir jadvalidа 31 turdan keyin 55 ochko bilan 3-o‘rinni egalab turibdi.
Fikrlar