
Mahmud Muradovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum
22 iyul kuni London shahri "UFC Fight Night 224" turniri tashkil etiladi.
Markaziy jangi og‘ir vazn toifasi vakillari Tom Aspinal va Marchin Tyubura o‘rtasida bo‘lib o‘tuvchi turnirda hamyurtimiz Mahmud Muradov ham oktagonga ko‘tariladi. U AQSh vakili Brayan Barbarenaga qarshi jang qiladi.
Barbarena avval yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida harakat qilardi.Muradov bilan o‘rta vazn 84 kg) toifasida jang qiladi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimizning rekordi 25-8 bo‘lsa, Barbarenaning ko‘rsatkichi 18-10 ko‘rinish olgan.
Fikrlar