Mahmud Muradovning UFCdagi ilk raqibi Xoakin Baklini nokautga uchratdi (Video)

  • 17 yanvar, 2021, 11:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun, tongda "UFC Fight Island 7" turniri o‘tkazildi. Yilning ilk katta turnirining markaziy jangida yarim engil vazn (61-66 kg) toifasi vakillari Maks Xollouey hamda Kelvin Kattar o‘zaro to‘qnash keldi.

Tecno

Mazkur jang to‘liq davom etdi va 50:43, 50:43, 50:42 hisobida Xollouey g‘alaba qozondi.Shuningdek, biz uchun biroz ahamiyatli bo‘lgan jang ham bo‘lib o‘tdi. Ya’ni, hamyurtimiz Mahmud Muradovning UFCdagi ilk raqibi  Alessio De Chiriko 2020 yilning eng chiroyli nokautlaridan birining sohibi bo‘lgan Xoakin Bakliga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Jangdan avval favorit sifatida e’tirof etilayotgan Bakli kutilmaganda “xay-kik” zarbasini o‘tkazib yubordi va nokautga uchradi. Shu tariqa Chiriko chiroyli tarzdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Quyida uning qay tarzda raqibini nokautga uchratganini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!