MakAlister: "Messi APLda bemalol o‘ynay oladi"

"Brayton" futbolchisi Aleksis MakAlister hamyurti Lionel Messining APLda o‘ynashi borasida fikr bildirdi. 

"Agar Leo APLda o‘ynasa, u shubhasiz, eng yaxshi futbolchi bo‘ladi. U bemalol bu erda o‘ynay oladi. Bu qiyin bo‘ladimi? Menimcha, yo‘q.

Messi eng qiyin bo‘lgan jahon chempionatida ham darajasini ko‘rsata oldi. U qanchalik muhim va kuchli o‘yinchi ekanini isbotlay oldi.

Argentinada hamma undan minnatdor va biz Messidan faxrlanamiz. Biz aynan Leo sabab jahon chempioni bo‘lganimizni bilamiz", - dedi Aleksis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!