Makallister Messi bilan nima sababdan ko‘p gaplashmasligi haqida gapirdi
Aleksis Makallister nima sababdan Messi bilan kam gaplashishiga izoh berdi.
Ikki futbolchi ayni vaqtda birgalikda Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
"Messi bilan birga to‘p tepish - orzu. Bu holat ilk bora amalga oshgan payt ajoyi edi. To‘g‘risini aytsam, u bilan ko‘p gaplashmayman. Sababi, men juda uyatchanman va unga xalaqit berishni istamayman.
Leo ajoyib yigit. U hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi. Shu sababli, Messining biz bilan ekanligi ajoyib. Umid qilamanki, bu uning so‘nggi Jahon Chempionati emas", - dedi "Brayton" yarim himoyachisi.

Fikrlar