Makgregor - Serrone, Nurmagomedov - Fergyuson, Murodov - Antonio Junior... 2020 yilda kutib turgan qiziqarli janglar! (2-Qism)

  • 14 yanvar, 2020, 20:00
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Avvalroq, 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan eng qiziqarli janglar ro‘yxatining dastabki qismini e’tiboringizga havola etgan edik. MMAda tashkil etiladigan eng zo‘r janglarning 2-qismini ham tayyorladik.

Tecno

8 fevral. Jon Jons - Dominik Reyes. Albatta, Jon Jonsning qaytishini muxlislar sabrsizlik bilan kutishmoqda. MMAdagi faoliyati davomida 25 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan va bor-yo‘g‘i 1 marotaba yutqazib qo‘ygan. Uning UFC 247 doirasidagi raqibi Dominik Reyes ham faoliyatini yomon o‘tkazmayapti va 12 ta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Umuman shu kuni, Texas ahlini qiziqarli turnir kutib turipti. Sababi, biri-biridan qiziq bo‘lgan janglar, kuchli jangchilar oktagonga ko‘tarilishadi.

E’tiboringizda, UFC 247ning barcha juftliklar ro‘yxati:

1574582557_dzhons_b2lwyj6

Jon Jons (25-1) - Dominik Reyes (12-0)

Valentina Shevchenko (17-3) - Ketlin Chukagyan (13-2)

Derrik Lyuis (22-7) - Ilir Latifi (14-7)

Andrea Li (12-3) - Loren Merfi (11-5)

Mirsad Bektich (13-2) - Den Ige (12-2)

Shon O’Melli (10-0) - Xose Alberto Kuinones (9-4)

Jimmi Rivera (22-4) - Marlon Vera (15-5)

Trevin Jayls (11-2) - Antonio Aroyo (9-3)

Mayls Jons (9-0) - Mario Bautista (8-1)

Aleks Morono (17-5) - Diego Lima (15-7)

Xuan Adams (5-2) - Jastin Tafa (3-1)

15 fevral kuni UFC Fight Night 167 kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaning markaziy jangida Kori Anderson (12-4) va Yan Blaxovich (25-8) o‘zaro to‘qnash keladi. 1989 yili tavallud topgan braziliyalik Anderson so‘nggi bor 2019 yilning noyabr oyida Jonni Uokerga qarshi oktagonga ko‘tarilgan edi va texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan. 1983 yili Polshada dunyoga kelgan Blaxovich esa 16 noyabr kuni Ronaldo Souzani taslim etgan. Umuman olganda, Anderson va Blaxovich o‘rtasidagi jang revansh hisoblanadi. 2015 yilda ham ikkala jangchi o‘zaro bahslashgan va Xerb Din boshqarib borgan jangda hakamlar bir ovozdan braziliyalik jangchining foydasiga qaror qabul qilishgan.

78362413_2741602012528091_5123057301569142784_o

21 fevral kuni Bellator 239 doirasida Rut - Amosov jangi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni, ACA 104 turniri ham tashkil etiladi va markaziy jangda Goncharov - Vaxaev "duel"i bo‘ladi.

b239_ruth_vs_amosov.0

22 fevral sanasida ham bir qator musobaqalar tashkillashtiriladi. Unga ko‘ra, UFC Fight Night 168: Felder - Xuker, Bellator Dublin: Gallaxer - Ellenor va Yaponiyada Rizin FF Rizin 21 turniri bo‘lib o‘tishi ham rejalashtirilgan.

1641606-1578659965

4 yilda 1 marotaba keladigan 29 fevral kuni UFC Fight Night 169 turniri tashkillashtiriladi va uning markaziy jangida Jozef Benavidez (28-5) - Deyveson Figeredo (17-1) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.

1641608-1578660014

UFC 248 turniri 7 mart kuni Las-Vegasning "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida Veyli Chjan (20-1) va Yoanna Edjeychik (18-3) o‘zaro kurashadi. Shu kuni, Robert Uittaker (20-5) - Jared Kannone (13-4), Jeremi Stivens (29-17) - Kelvin Kattar (20-4), Nil Megni (21-7) - Li Jinliang (17-5) va yana bir qator juftliklar ham oktagonga ko‘tarilishadi.

ufc248Uittaker_mzKjEPp

Ko‘pchilikni kuttirayotgan va qiziqarli kechishi taxmin qilinayogan janglardan yana biri 21 mart kuni Londonda UFC Fight Night 171 doirasida bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, Tayron Vudli va Leon Edvards qarama-qarshiligi kuzatiladi.

Tayron Vudli faoliyati davomida 19 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 4 bor o‘zi taslim bo‘lgan va hisobida yana 1 ta durang ham bor. U so‘nggi jangida Kamaru Usmanga imkoniyatni boy bergandi. 2019 yilning mart oyida kechgan jangda hakamlar bir ovozdan Usmanning foydasiga qaror chiqarishgan. Faoliyati davomida 18 ta g‘alabaga erishib, 3 bor yutqazib qo‘ygan Leon Edvards esa UFC on ESPN 4 doirasida so‘nggi bor oktagonga ko‘tarilgan edi. 2019 yilning 20 iyul kuni Rafael Dos Anosga qarshi kechgan jangda hakamlar bir ovozdan Edvardsning g‘alabasiga qaror qabul qilishgan.

20151218034540_IMG_7679

28 martga belgilangan UFC on ESPN 8 turnirining asosiy jangida Frensis Ngannu (14-3) va Jairzino Rozenstrayk (10-0) qarama-qarshi keladi. Ngannu ham Overimni mag‘lub etishni uddalagan. Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Rozenstrayk so‘nggi jangini 7 dekabr kuni Mahmud Murodov ham ishtirok etgan UFC on ESPN 7 turnirida o‘tkazib, Overimning lablarini yorib yuborgan edi. 2017 yili nokaut evaziga Ngannu shov-shuvli g‘alabani qo‘lga kiritib, katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgandi.

79602850_1002325090145417_2707756866133295104_n

Nihoyat, millionlab ihlosmandlar intizorlik bilan kutib turgan kecha haqida to‘xtalib o‘tamiz. 18 aprel, Nyu-York. UFC 249 doirasida kechadigan Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson to‘qnashuvini tashkillashtirishga bir necha yillardan beri harakat qilib kelinadi. Ammo, doimo yoki u, yoki bu jangchi jarohatlar oladi va turli hil sabablarga ko‘ra, jang o‘tkazilmay qoladi. Ko‘pchilik Xabib Nurmagomedovni tengsiz deb hisoblasa, yana ayrimlar aynan Fergyuson unga raqiblik qila olishini taxmin qilishadi. Oldinda bizni nimalar kutib turganligini ko‘ramiz! Yana qandaydur sabablar chiqib qolib, jang o‘tkazilmay qolmasa bo‘lgani.

5ddd439102e8bd33e52bdd74

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!