
Makgregor Neyt Diasni jang qilishga chorladi
UFC ikki divizionining sobiq chempioni Konor Makgregor o‘ziga oktagonda ikki marotaba raqiblik qilgan Neyt Diasni jang qilish uchun shartnoma imzolashga chaqirdi.
"Ko‘zlaringni yum va shartnomaga imzo chek," - deb yozdi Makgregor Diasga.
Yodingizda bo‘lsa, ikkala jangchi 2 marotaba o‘zaro to‘qnash kelishgan. Dastlabki jangda sensatsion tarzda Neyt Dias raqibini bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lub etgandi. Revansh jangida xakamlar bir ovozdan Makgregorning g‘alabasiga qaror qabul qilishgan.
So‘nggi bor, irlandiyalik shu yilning yanvar oyida Donald Serronega qarshi oktagonga ko‘tarilib, nokaut evaziga g‘alaba qozongandi, Dias o‘tgan yilning noyabrida Xorxe Masvidalga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar