
Maksim Shatskix "Neftchi"ga uchralgan mag‘lubiyatga batafsil to‘xtalib o‘tirmadi
Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanidan mehmonlar ustozi Maksim Shatskix ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ko‘p gapirmayman. "Neftchi"ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman! Biz bugun Farg‘onada engildik. Yana bir bor raqibni muborakbod etaman. Oldinga qadam tashlashda davom etishimiz kerak. Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislar zo‘r atmosferani hosil qilishdi. Ular bugungi g‘alabaga munosib edi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar