
Maksim Shatskix OChL 2 qur’asi haqida: "Bu erda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi"
OChL 2 da “Al-Ahli (Qatar), “Arkadag” (Turkmaniston) va “Al-Xaldiya” (Bahrayn) jamoalari bilan “V” guruhidan joy olgan “Andijon” jamoasi bir oydan so‘ng xalqaro maydondagi ishtirokini boshlaydi.
Guruh xususida bildirilayotgan fikrlar doimo qiziq. Klub matbuot kotibi bosh murabbiy Maksim Shatskixning qur’a haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
"Qur’ani hech qachon ko‘rmayman. Chunki baribir hamma bilan o‘ynash kerak. Bu erda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Bizning guruhda “Al-Ahli” top jamoa hisoblanadi. Shuningdek, Bahrayn hamda Turkmaniston chempionlari ham bor. Yaxshi jamoalar. Bu kuchli guruh. Mana, endi biz o‘z kuchimizni sinab ko‘ramiz".
Fikrlar