
Maksim Shatskix: "O‘ying so‘nggida g‘alabani ilib ketganimiz ajoyib"
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Andijon” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Burgular" bosh murabbiyi Maksim Shatskix ishtirok etdi.
“O‘yin muxlislarga yoqdi, deb o‘ylayman. Uchrashuvni oxirgi daqiqalari bosim bilan o‘tdi. Bugungi uchrashuv haqida shunday deyishim mumkinki, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Hisobni tenglashtirganimizdan keyin ham ko‘rinib turgandiki, futbolchilarimiz g‘alabani juda xohlab turishgandi. Yigitlar yutuqqa erishishimiz zarurligini his qilib turishgandi. O‘yin so‘nggida g‘alabani ilib ketganimiz ajoyib bo‘ldi. G‘alaba keltiruvchi golni urib, muvaffaqiyatga erishganimiz yoqimli. Shunday bo‘lsa-da, muammolarimiz etarlicha. Ularni bartaraf etish yo‘lida ishlashda davom etamiz. Chunki bunday oddiy holatlarda gollarni o‘tkazib yubormasligimiz kerak. Uchrashuv oxirida hayajonda bo‘lmasligimiz uchun ham oddiy vaziyatlarda to‘plarni darvozamizdan o‘tkazib yubormasligimiz lozim”.
Fikrlar