Manba: Jasur Yaxshiboev "Sherif"ni tark etdi!

Moldovaning "Sherif" jamoasida harakat qilayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev jamoani tark etgan. Bu haqda klub murabbiyi Yuriy Vernidub SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- Demak, Jasur Yaxshiboev “Sherif”dan rasmiy ravishda ketdimi?

- Uning ketishi bilan bog‘liq masalaning hammasi menga oshkor qilinmadi. Futbolchi jamoani tark etishni istadi, bunga qarshilik qilmadik. Men bu savolingizga shunday javob qaytarishim mumkin xolos.

Ma’lumot uchun, Jasur "Sherif" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sardorbek Mamatqulov
09/05/2022 16:15
Qaysi komandaga oʻtibdi ekan
Хужакулов Хуршидбек
09/05/2022 14:39
Ээээээ кўчманчи