
Manba: Mbappening oilasi Kilianning ukasini ham Madridga o‘tkazmoqchi
Kilian Mbappening oilasi "Real"dan 17 yoshli futbolchi Etan Mbappe bilan shartnoma imzolashni so‘radi. "Qirollik klubi" rahbariyati bu taklifga rozilik bildirdi.
"El Chiringuito" nashrining xabar berishicha, madridliklar taklifni o‘ylab ko‘rgan va oxir-oqibat rozi bo‘lgan. Etan joriy mavsum Liga 1 doirasida atigi bir daqiqa harakat qilgan. U "Mets"ga qarshi bahsning 90-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.
Shuningdek, u UEFA Yoshlar ligasida 6 o‘yin o‘tkazgan va PSJning kubok doirasidagi bahslarida ikki marotaba zaxiradan maydonga tushirilgan.
Fikrlar