Manba: Messi "Barselona"ga qaytishi mumkin

  • 22.02.2023 13:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Lionel Messi mavsum so‘nggida "Barselona"ga qaytiishi mumkin. 

"Jijantes" klubi jurnalisti Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, Messi, uning otasi va futbolchining atrofidagilar Leoning Kataloniyaga qaytishi uchun harakatni boshlagan. Futbolchining otasi Xorxe Laporta bilan, Messi esa Xavi bilan muzokaralar olib bormoqda. 

"Messi qaytadi, demoqchi emasman. Biroq pozitsiyalar yaqinlashmoqda. Hech kim ishonmagan voqelik yuz berishi mumkin. Xavi va Leo doimiy muloqotda", - dedi Romero. 

Ma’lumot uchun, argentinalik yulduzning PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!