Manba: PSJ "Lokomotiv" futbolchisidan voz kechmagan!

  • 11.06.2026 12:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Lokomotiv» yarimhimoyachisi Aleksey Batrakovning vakili Vladimir Kuzmiçyov futbolchining PSJga o‘tishi borasida tarqalayotgan mish-mishlarga izoh berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha ikki klub o‘rtasida rasmiy darajada hech qanday muzokara bo‘lmagan. Shu bilan birga, agent ta’kidlashicha, Batrakov bo‘yicha belgilab qo‘yilgan sotib olish bandi faqat 1 iyuldan kuchga kiradi. Shu sabab barcha tomonlar aynan shu sanani kutayotgani aytilmoqda.

 

«Hozirgi paytda PSJ Batrakov transferiga rad javobi berdi yoki aksincha, deb aniq gapirish to‘g‘ri emas. Hozircha barcha narsa 1 iyul kabi hal qiluvchi sanaga bog‘liq holda kutuv rejimida turibdi», — deya Kuzmiçyovning so‘zlarini keltiradi «Chempionat» nashri.

 

Joriy mavsumda 21 yoshli Batrakov barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 36 o‘yinda maydonga tushdi, 17 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!