Manba: "Real Madrid" penal'tidan mahrum etildi!

  • 11.04.2026 02:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 31-turidan "Real Madrid" o‘z uyida "Jirona" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mazkur uchrashuvda bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Archivo VAR xabar berishicha, hujum paytida Kilian Mbappe himoyachi Vitor Reysdan o‘tib ketgan, shundan so‘ng raqib qo‘lini ko‘tarib, fransiyalik futbolchining yuziga tekkkan.

Shunga qaramay, o‘yin bosh hakami penalti belgilamadi. VARda ishlagan hakam Truxilo Suarez ham vaziyatga aralashish uchun yetarli asos ko‘rmagan va bosh hakamga epizodni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilmagan. Ushbu qaror futbol jamoatchiligi orasida turli bahs va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, madridliklar turnir jadvalida 70 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!