"Manchester Siti" 22 bahsdan beri yutqazmayapti. Navbatdagi o‘yin "Real"ga qarshi!
"Manchester Siti" klubi APLda ketma-ket 11 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi. Chempionatning 36-turidan o‘rin olgan bahsda "shaharliklar" "Everton"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Qolaversa, Manchester klubi umumiy hisobda 22 uchrashuvdan beri yutqazish nimaligini bilmay kelmoqda. Klub oxirgi marta fevral oyi boshida "Tottenxem"ga 0:1 hisobida engilgandi.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni tunda "Siti"ni "Real" Madridga qarshi EChL yarim finalidan o‘rin olgan to‘qnashuv kutib turibdi. Birinchi bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan.


Fikrlar