
"Manchester Siti" 33 yoshli darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi
"Manchester Siti" klubi "Derbi Kaunti" darvozaboni Skott Karsonni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” 33 yoshli posbonni mavsum oxirigacha ijaraga olishdi. Ta’kidlash kerakki, Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Ederson Moraes va Klaudio Bravolardan so‘ng “Siti”ning 3-darvozaboni bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Karson o‘tgan mavsum “Derbi Kaunti” safida 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 45ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transferi esa 2 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar