"Manchester Siti" Alvaresni qanchaga sotmoqchi?

  • 19 iyul, 2024, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano "Manchester Siti"ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvaresning ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

Tecno

“Siti”da ular Alvaresni muhim o‘yinchi deb bilishadi, uni shunday qo‘yib yuborishmaydi. Ular Xulianni ingliz bo‘lmagan klubga 75-80 million evroga sotishi mumkin”, - dedi jurnalist Fabritsio Romano o‘zining podkastida.

Hujumchi xizmatlariga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi.

O‘tgan mavsumda Alvares “Manchester Siti” tarkibida barcha musobaqalarda 54ta o‘yinda ishtirok etib, 19ta gol urdi va 13ta golga assistentlik qildi. 24 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!