"Manchester Siti" bosh murabbiyi "Brayton"ga qarshi uchrashuv oldidan nimalarni aytdi?

  • 06.01.2026 20:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 21-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi uchrashuv oldidan "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ishtirok etdi. U jamoadagi jarohatlar, qishki transfer siyosati hamda chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Arsenal" haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ruben Amorim haqida:

"Ruben yuqori darajadagi murabbiy. Qaror qo‘shnilarimiz — “Manchester Yunayted” tomonidan qabul qilindi, shuning uchun men Amorimga kelajakda omad tilayman".

Jon Stounzning jarohati haqida:

 "Hozircha hech qanday aniq ma’lumot yo‘q. U keyingi o‘yinlarga tayyor emas".

Qishki transferlar haqida:

"Balkim, biror futbolchi qo‘shilishi mumkin, ammo bu o‘tgan mavsumdagidek emas. Vaziyat mutlaqo boshqacha. Biz o‘tgan yildagidek to‘rt yoki besh nafar o‘yinchini sotib olmaymiz".

"Arsenal" haqida:

"Juda kuchli jamoa. So‘nggi ikki-uch mavsum davomida ular tobora kuchayib bormoqda. Ular haqiqatan ham juda kuchli".

Jamoa tarkibi va jarohatlar haqida:

"Mavsum oldi yig‘inlarida qanday tarkibga ega bo‘lgan bo‘lsak, hozir ham o‘sha jamoadan juda mamnunman. Gvardiol, Ruben Diash va Jon Stounzning tezroq safga qaytishini istaymiz. Shuningdek, Afrikada bo‘lgan futbolchilarimiz ham qaytishi kerak. Bu davrdan omon o‘tib, keyingi bosqichga o‘tishni maqsad qilganmiz".

Ma’lumot uchun, uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 00:30'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!