“Manchester Siti” bugun navbatdagi transferini e’lon qiladi

  • 1 iyul, 2022, 14:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lids" yarim himoyachisi Kalvin Fillips "Manchester Siti"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.

Tecno

26 yoshli angliyalik bugun, 1 iyul kuni Manchester klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Avvalroq, “shaharliklar” yarim himoyachining transferini 45-50 million funtga kelishib olgani haqida ma’lum qilingandi.

26 yoshli Fillips o‘tgan mavsumda “tovuslar” safida barcha musobaqalar doirasidagi 23 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Uning “Lids” bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

“Siti” yaqinda “Borussiya D” futbolchisi Erling Xoland xaridini ham amalga oshirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!