"Manchester Siti" Chempionlar ligasi uchun tarkibini yangiladi
"Manchester Siti" klubi Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichlari oldidan jamoa qaydnomasiga oʻzgartirishlar kiritdi. Klub rasm an Antuan Semenyo va Mark Gexining turnirning hal qiluvchi uchrashuvlari uchun roʻyxatga qoʻshilganini eʼlon qildi.
Shu tariqa, Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoaning A roʻyxati ancha kuchaydi. Yangilangan tarkibdan darvozabonlar Donnarumma, Trafford va Bettinelli oʻrin oldi. Himoya chizigʻida Stounz, Husanov, Dias, Gexi, Gvardiol, Ake va Ayt-Nuri kabi futbolchilar qayd etilgan. Yarim himoyada Nuneş, Rodri, Niko, Kovachich, Bernardo Silva, Reynders, Foden, Sherki, Savinyo va Doku jamlangan. Hujum chizigʻida esa Semenyo, Marmush va Holand nomlari bor.
Shuningdek, yosh futbolchilardan tashkil topgan B roʻyxatiga Riko Lyuis, Maks Alleyn va Niko O’Raylli kiritilgan.
Maʼlumot uchun, "shaharliklar" Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichida 16 ochko toʻplab, TOP-8likka kirishni uddaladi.

Fikrlar