"Manchester Siti" De Bryuynega o‘rinbosar topdi

  • 12 fevral, 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" Kevin de Bryuyne o‘rniga "Leyptsig" futbolchisi Xavi Simonsni olib kelmoqchi

Manchesterliklar futbolchisi De Bryuynening o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. So‘nggi paytlarda futbolchi jarohatga moyil bo‘lib qolgan va o‘zining avvalgi yuqori  darajasiga qayta olmayapti. "Shaharliklar" uning o‘rnini to‘ldirish uchun "Leyptsig" a’zosi Simonsni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda "El Nacional" nashri ma’lum qildi. 

Xabarga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Gvardiola bu yil yozda shartnomasi o‘z nihoyasiga etadigan Kevinga o‘rinbosar sifatida aynan Xavini ko‘rmoqda. Futbolchini qo‘lga kiritishni xohlayotgan jamoa germaniyaliklarga 100 milion evro to‘lashi kerak. Avvalroq, Bundesliga klubi qishki transferlar oynasida hujumkor yarim himoyachini PSJ dan 50 million evroga to‘liq sotib olgan edi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli xavbek joriy mavsumda 13 bahsda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta assistni yozdirib qo‘ydi. Uning Transfermarkt portalidagi  narxi 80 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!