"Manchester Siti" de Bryuynening jarohati haqida rasmiy ma’lumot berdi

  • 19 aprel, 2021, 18:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi matbuot xizmati belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryuyne jarohati tafsilotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, futbolchining o‘ng to‘pig‘i shikastlangan. Hozircha uning to‘liq tiklanish muddati haqida ma’lumot berilmagan, ammo u Angliya chempionatining navbatdagi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinida maydonga tushmasligi aniq. Yarim himoyachi Angliya kubogi 1/2 finalida "Chelsi" ga qarshi o‘yinda (0: 1) jarohat olgan edi.

29 yoshli De Bryuyne joriy mavsumda "Manchester Siti" tarkibida jami 35 uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 8 ta gol va 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi.

“Manchester Siti” 32 turdan so‘ng Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalida 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!