"Manchester Siti" futbolchisi mavsumni Chempionshipda davom ettiradigan bo‘ldi

  • 3 yanvar, 2020, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Patrik Roberts mavsumni "Midlsbro"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Midlsbro” 22 yoshli futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan.

Ta’kidlash kerakki bu Roberts uchun faoliyatidagi 4-ijara jamoasi bo‘ldi. Ungacha bu "Seltik", "Jirona" va "Norvich" klublarida ham vaqtincha to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Roberts 2015 yildan buyon “Manchester Siti” a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “shaharliklar” safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Uning transfer narxi esa 3,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!