"Manchester Siti" futbolchisi nemis klubiga o'tdi

  • 04.09.2026 06:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti»ga tegishli bo‘lgan yosh himoyachi Juma Ba karerasini Germaniya chempionatida davom ettiradi. 20 yoshli futbolchi Bundesliga klubi «Augsburg» safiga o‘tdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ba mavsum oxirigacha ijaraga asosida nemis jamoasida to‘p suradi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda futbolchini to‘liq sotib olish imkonini beruvchi band ham ko‘zda tutilgan.

Juma Ba o‘tgan yili «Manchester Siti» bilan shartnoma imzolagan edi. Shundan so‘ng u ikki marta ijaraga jo‘natildi — avval «Nitsa», keyin esa «Lans» tarkibida maydonga tushdi.

«Augsburg» yangi mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. Jamoa o‘z maydonida «Shalke»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Bundesligadagi start uchrashuvida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!