“Manchester Siti” Gvardiolaga bosim qilyapti
Keyingi paytda “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning “shaharliklar” klubida qancha ishlashi ko‘p muhokama qilinmoqda.
Ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Klub unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilayotgan bo‘lsa-da, Gvardiola yakuniy qarorini aytgani yo‘q.
ESPN nashrining yozishicha, klub xo‘jayinlari Pepdan kelajagi borasida bir qarorga kelishni talab qilmoqda. Gvardiola bir to‘xtamga kelishi uchun unga klub rahbariyati tomonidan joriy yilning oxirigacha muddat berildi.
Bir necha manbalar ispaniyalik murabbiy kelasi yil yozda “shaharliklar” bilan shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketishga moyilligi haqida yozmoqda.
Xosep Gvardiola bundan buyon o‘z kuchini terma jamoalarda sinab ko‘rmoqchiligi aytilmoqla.
“Manchester Siti” rahbariyati esa, uning o‘rniga boshqa munosib murabbiy topish uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lish uchun Gvardioladan aniq maqsadini aytishni talab qilyapti.



Fikrlar