
"Manchester Siti" Husanovga raqobatchi sifatida APLning eng yaxshi himoyachilaridan birini jamoaga jalb qilmoqchi
"Manchester Siti" hamyurtimiz Abduqodir Husanovga raqobatchi sifatida "Arsenal"ning markaziy yarim himoyachisi hisoblangan Salibani olib kelishi mumkin, deya xabar bermoqda "Defence Central" nashri.
Xabaringiz bor, "shaharliklar"ning joriy mavsumi kutilganidan ancha yomon kechmoqda. "Siti"ning asosiy muammolaridan biri – himoyadagi ishonchsizlik. Shuning uchun ular "kanonirlar" markaziy himoyachisi Salibani sotib olish uchun katta mablag‘ taklif qilishga tayyor. Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biri sanalgan jamoa 1/8 finalda "Real Madrid"ga yutqazib, musobaqani tark etdi. Premer-ligada esa manchesterliklar peshqadamdan ancha orqada qolib ketgan va chempionlik uchun kurashish imkoniyati deyarli yo‘q.
Jamoaning yagona maqsadi – kelasi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, lekin bu ham hozircha kafolatlangan emas. Shu sababli Pep Gvardiola transfer bozoriga qattiqroq qarashni boshlagan va "Siti"da katta o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, frantsiyalik fulbekka Madridning "Real" klubi bilan ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli himoyachi joriy mavsum "to‘pchilar" safida 39 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar
Абдуқодир ўз устингда ишлаб, олдинга ҳаракат қил.