
“Manchester Siti” kuzatuv ostiga olindi
Ushbu mavsum yangi futbolchilar uchun 220 mln funt sarf etgan “Manchester Siti” klubi UEFA vakillari tomonidan kuzatuv ostiga olindi. Ular moliyaviy feyr-pley amaliyotiga qanchalik amal qilinganini taftish qilishmoqchi.
2014 yilda aynan “Manchester Siti” xamda PSJ klublari ushbu masala tufayli jazolanishgan edi.
O‘shanda, jamoalar EChLda boshqa jamoalar singari 23 emas, balki, 21 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur bo‘lgan edilar.
Qayd etish joiz, “Manchester Siti”ning sarf etgan pullari miqdori yana oshishi mumkin. Boisi, OAVda yozilishicha, “shaharliklar” Kilian Mbappe yoki Aleksis Sanchesni sotib olishni reja qilganlar.
Fikrlar