
"Manchester Siti" Leroy Sanega La Liga klubidan o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Manchester Siti" klubi "Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Oyarsabalagani shartnomasida ko‘rsatilgan 75 mln evro tovon pulini to‘lab sotib olishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” 22 yoshli futbolchini faqatgina Leroy Sane “Bavariya”ga o‘tgan taqdirda sotib olishlari mumkin. Agar shu holat yuz bersa, “Siti” ispan klubi bilan Oyarsabalaganing transferi bo‘yicha ko‘p tortishib o‘tirmaydi va shartnomadagi tovon pulini to‘lab sotib oladi.
Ma’lumot uchun, Oyarsabalaga “Real Sosedad” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U San-Sebastyan shahri jamoasida shu kungacha jami 151ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar