"Manchester Siti" rahbarlaridan biri Xoland va Ronalduni taqqosladi

  • 1 avgust, 18:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Ferran Soriano norvegiyalik Erling Xolandning fe’l-atvori haqida gapirib, uni Krishtianu Ronaldu bilan taqqosladi.

Tecno

  "Agar Ronalduning sherigi gol ursa, u buni nishonlamaydi. Chunki Krishtianu "gol urishim kerak edi," deb o‘ylaydi. Gap uning yomon odamligida emas. Shunchaki uning mentaliteti shunday. Erling boshqacha. U ko‘p gol uradi, ammo sheriklarining gol urishi unga yoqadi", - dedi Soriano.

Angliyadagi uch yil davomida "Manchester Siti" forvardi 146 ta rasmiy o‘yinda 124 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida 21 ta assist mavjud. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Xolandning bozor narxi 180 mln evroni tashkil qiladi.

Norvegiyalik jamoa APL yangi mavsumini 16 avgust kuni "Vulverhempton"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!