"Manchester Siti" sabab Ronaldu jamoasi yangi o‘yinchi olishi taqiqlandi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.
Mundo Deportivo nashrining aniqlashicha, ushbu transfer “An-Nasr”ning 2023 yilda markaziy himoyachi Emerik Laport transferi uchun “Manchester Siti” oldidagi qarzi sababli qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, saudiyaliklar “shaharliklar”ga taxminan 9 million evro miqdoridagi mablag‘ni to‘lab bermagan. Qarzni qoplash muddati 31 avgust kuni yakunlangan edi.
O‘tgan kuzda Laport “Al-Nasr”ni tark etib, Ispaniyaga yo‘l olgan va “Atletik” (Bilbao) klubiga ko‘chib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, “An-Nasr” safida “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi Krishtianu Ronaldu to‘p surmoqda. Portugaliyalik yulduz klubning transfer siyosatida va mashg‘ur futbolchilarning “An-Nasr”ga olib kelishda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar