“Manchester Siti” Xoland bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 7 iyun, 2024, 20:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati ketma-ket ikki mavsumdan beri Angliya Premer-ligasi to‘purari bo‘lib kelayotgan Erling Xoland kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.

Tecno

The Mirror nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari norvegiyalik to‘purar bilan yangi shartnoma imzolashga urinib ko‘radi.

Xolandning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yarmigacha imzolangan. Unga ko‘ra, hujumchining badal summasi yildan-yilga arzonlab borishi kuzatilgan.

Xolandga “Real” va “Barselona” kabi grand klublar anchadan beri qiziqish bildirayotganini inobatga olib, “shaharliklar” 23 yoshli hujumchini jamoada uzoqroq muddat saqlab qolish uchun bitimni yangilashga harakat qilmoqda.

Erling Xoland yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 45 marotaba maydonga tushib, 38 ta gol va oltita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!