"Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyat Amorimni kursisiga ta’sir qildimi?
Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Jurnalist Semyuel Lakxerstning ta’kidlashicha, "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o‘yinda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, Amorim hamon "Manchester Yunayted" rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bilan birga, "qizil iblislar"ga yaqin manba Amorimning klubdagi mavqei nega hamon xavf ostida emasligini tushunmayotganini tan oldi.
To‘rt tur yakuniga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 4 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar