"Manchester Siti"ga 2025 yilga qadar hukm chiqarilmaydi
"Manchester Siti"da moliyaviy qoidabuzarliklar ishi 2024 yilning oxiriga kelib ko‘rib chiqiladi.
Fevral oyida Premer-liga "Manchester Siti"ni 2009/10 yilgi mavsumdan 2017/18 yilgi mavsumgacha 115 ta turli moliyaviy qoidalarni buzishda ayblagandi. Tergov 2018 yildan buyon davom etmoqda.
"Daily Mail" xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" ishi kelasi yilning kuzida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Hukm 2025 yilning yoziga qadar chiqarilmaydi. Ayni paytda tergov guvohlarning ko‘rsatmalarini yig‘ish bosqichida.

Fikrlar