
"Manchester Siti"ning egalari Braziliyadan ham klub sotib oldi
“Manchester Siti”ga egalik qiluvchi “City Football Group” xoldingi Braziliyaning “Baiya” klubini sotib oldi. Xolding ushbu klubning 90% aktsiyalarini qo‘lga kiritdi. Aytish kerakki, “Baiya” “City Football Group”ga tegishli 12-klubga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “City Football Group”ga shuningdek “Manchester Siti” (Angliya), “Jirona” (Ispaniya), “Palermo” (Italiya), “Lommel” (Belgiya), “Nyu-York Siti” (AQSh), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Montevideo Siti” (Urugvay), “Yokogama F.Marinos” (Yaponiya), “Troes” (Frantsiya), “Mumbay Siti” (Hindiston) va “Sichuan Jun” (Xitoy) klublari ham tegishli hisoblanadi. Bundan tashqari, Boliviyaning “Bolivar” klubi xoldingning hamkor klubi hisoblanadi.
2022 yilgi mavsum yakunida “Baiya” Braziliya ikkinchi divizionida 3-o‘rinni egallab, Braziliya A seriyasiga yo‘l olgan.
Fikrlar