"Manchester Siti"ning ikki futbolchisi "Everton"ga o'tishi mumkin
"Everton" joriy mavsum yakunida "Manchester Siti" futbolchilari Jon Stouns va Jek Grilshni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "irislar" Grilshni ijarasi tugagach jamoada saqlashni xohlamoqda. Birovoq klub uchun vingerni to‘liq transfer qilish qiyin masala. "Everton" ehtimol "shaharliklar" bilan kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga e’tibor qaratadi.
Shuningdek, liverpullliklar Stounsni bepul olish imkoniyatiga ega, chunki uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Devid Moyes shogirdlari APL turnir jadvalida 37 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar