"Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

  • 22 fevral, 2023, 18:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Payshanba kuni Evropa ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Markaziy qarama-qarshilik "Manchester Yunayted" va "Barselona" klublari o‘rtasida bo‘ladi (birinchi o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan).

Tecno

UEFA rasmiy sayti mazkur o‘yinni kim boshqarishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Old Trafford"da bosh hakam sifatida frantsiyalik Kleman Tyurpin brigadasi ishlaydi. VAR monitorlarida Tyurpinga hamyurtlari Jerom Brisar va Villi Delajo yordam beradi.

Uchrashuv 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!