
“Manchester Yunayted” 18 yoshli futbolchining maoshini 10 baravar oshirdi
“Manchester Yunayted” safida porlay boshlagan Alexandro Garnacho tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Klub rahbariyati asosiy tarkibga yorib kirgan va muhim gollarni ura boshlagan 18 yoshli yarim himoyachining maoshini haftasiga 57 ming evro qilib belgilmoqchi. Ayni paytda Alexandro har hafta 5,7 ming evro maosh olyapti.
Garnacho birinchi jamoaga 2020 yilning oktyabrida qo‘shilgan edi. Alexandro “Manchester Yunayted” safida noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 marotaba maydonga tushib, uchta gol va uchta assist qayd etdi.
Iste’dodli ispan futbolchisi aslida “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi tez orada 2027 yilgacha uzaytiriladi.
Fikrlar