"Manchester Yunayted" "Arsenal"ga uzoq kutilgan zarbani berdi!
"Manchester Yunayted" ancha vaqtdan beri hech kim qila olmagan ishni uddaladi. "Qizil iblislar" mehmonda "Arsenal"ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, raqib darvozasiga uchta to‘p kiritdi.
"Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2023 yil dekabridan beri ilk bor "Arsenal" bir o‘yinda ikki tadan ortiq gol o‘tkazib yuborgan holat bo‘ldi. Ushbu seriya barcha musobaqalarni hisobga olganda 121 ta uchrashuvni o‘z ichiga olgan.
Mikel Arteta jamoasiga uch yoki undan ortiq gol ura olgan so‘nggi klub "Luton Taun" bo‘lgan edi. O‘sha bahsda londonliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozongan, mavsum yakunida esa "Luton" oliy divizionni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal"ga qarshi mazkur uchrashuv Maykl Kerrik qo‘l ostidagi "Manchester Yunayted" uchun atigi ikkinchi o‘yin bo‘ldi.

Fikrlar