"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

  • 01.05.2026 15:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" jamoasining chap qanot himoyachisi Alehandro Balde yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Unga da’vogarlardan biri sifatida "Manchester Yunayted" qayd etilmoqda.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglar" 22 yoshli futbolchi uchun taxminan 50 million yevro talab qilmoqchi. Transfermarkt ekspertlari esa uning qiymatini biroz yuqoriroq — 55 million yevro deb baholagan.

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi Hans-Diter Flik boshqarayotgan jamoa safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!