“Manchester Yunayted” birinchi transferni uddaladi

  • 02.07.2022 21:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

The Athletic nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati yangi bosh murabbiy Erik ten Xag boshchiligida birinchi transferni amalga oshirishga tayyor.

Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar “Feyenoord”ning 22 yoshli himoyachisi Tirell Malasiyani Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga imzo chekadi. Bu transfer uchun Angliya klubi “Feyenoord”ga 15 million evro to‘laydi.

Malasiya chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Yosh futbolchi faoliyati davomida jami 199 ta uchashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ettita gol va 12 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!