“Manchester Yunayted” superhujumchini olib qoladi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordning jamoa bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Biroq, unga hozirning o‘zidan bir necha grand klublar qiziqish bildirmoqda.
Klub o‘z tarbiyalanuvchisini uzoqroq muddat jamoada olib qolish uchun unga yangi bitim taklif qiladigan bo‘ldi. Bu haqda The Express nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari ikki xil shartnoma tayyorlayapti. Birinchi variant hozirgi shartnomani bir mavsumga uzaytirib, Markusni 2024 yilning yozigacha olib qolish. Ikkinchisi esa, 24 yoshli hujumchiga 2027 yilning yozigacha davom etadigan to‘laqonli yangi shartnoma berish.
Agar tomonlar yanvargacha kelisha olmasa, Reshford yangi yilning ilk kunidan boshlab, o‘ziga xaridor bo‘layotgan klublar bilan muzokara boshlash huquqiga ega bo‘ladi.

Fikrlar