“Manchester Yunayted” hujumchiga yangi bitim beradigan bo‘ldi

  • 5 noyabr, 2022, 20:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yana yuqori darajada ko‘tarilayotgan Markus Reshfordga yangi bitim taklif qiladigan bo‘ldi. Klub tarbiyalanuvchisining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Tecno

Daily Mail nashrining ta’kidlashicha, klub Reshford bilan yanvargacha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Chunki tezroq bitim tuzilmasa hujumchiga katta klublardan chorlovlar bor va ular yanvar boshlanishi bilan Reshfordga aloqaga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

Hozircha, manchesterliklarning oldida ikkita variant bor. Birinchi o‘rinda, ular Markus bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashga harakat qiladi.

Agar forvard taqdirini klub bilan uzoq muddatga bog‘lanishni istamasa, avvalgi shartnomada belgilangan hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirish bo‘yicha bandni kuchga kiritishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!