
"Manchester Yunayted" De Xeaning o‘rniga darvozabon qidirishni boshlab yubordi
"Manchester Yunayted" klubi o‘zining asosiy darvozaboni David De Xeaning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” ayni damda bu borada 2ta darvozabonni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan. Bular Jordan Pikford ("Everton") va Yan Oblaklardir ("Atletiko").
Eslatib o‘tamiz, De Xeaning MYu bilan amaldashi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va tomonlar hozirda ushbu shartnomani uzaytirish masalasida o‘zaro kelishuvga erisha olishmayapti.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Pikfordning transferi 40 mln, 26 yoshli Oblakniki esa 80 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar