"Manchester Yunayted" egasi Ronaldu haqida gapirdi

  • 24 noyabr, 2022, 16:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" egasi Avram Gleyzer hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoani tark etgani haqida fikr bildirdi.

“Men sizga Krishtianu Ronaldu haqida aytmoqchiman. U "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning klub uchun qilgan barcha ishlarini qadrlayman. Ronalduga esa kelajakda omad tilayman", - deya Glazerning so‘zlarini keltiradi "Sky News".

22 noyabr kuni “Manchester Yunayted” tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra Ronaldu bilan shartnomani bekor qilgani ma’lum qildi. Bunga portugaliyalik jurnalist Pirs Morganning intervyusi sabab bo‘ldi.

Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!