“Manchester Yunayted” futbolchisi ketadigan bo‘ldi

  • 13 oktabr, 2022, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning o‘ng qanot  himoyachisi Diogo Dalot hozirdan o‘ziga yangi ish joyi qidirmoqda.

Tecno

Mavsum oxirida portugaliyalik futbolchi erkin agentga aylanadi. Manchesterliklarda futbolchi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor. Lekin Dalot boshqa variantlarni ham ko‘rmoqchi.

Dalotning bu qaroridan “Yuventus” foydalanib qolmoqchi. Turinlar yazda ikki himoyachi – Xuan Kuadrado va Aleks Sandro bilan xayrlashmoqchi. Dalot ularga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Diego Dalotga anchadan beri “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildiryapti. Shuningdek, “Barselona” ustozi Xavi Ernandes ham tajribali futbolchini o‘z safida ko‘rish istagida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!