
“Manchester Yunayted” ikkita zo‘r darvozabon topdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati shartnomasi yakunlanib borayotgan David de Xea o‘rniga boshqa darvozabon qidirmoqda.
Klubda ispaniyalik darvozabon bilan shartnomani avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor. Biroq, Davidning Angliya premer-ligasida eng katta maosh oladigan darvozabon ekani bunga to‘sqinlik qilmoqda.
The Athletic nashrining xabar berishicha, manchesterliklar ayni paytda ikki nomzodni o‘rganib chiqmoqda. Birinchi nishon sifatida “Atletik” posboni Unai Simon belgilangan. Shuningdek, ro‘yxatda “Portu” darvolzasini mahorat bilan qo‘riqlayotgan Diogu Koshta bor. Bu golkiper kuni kecha Chempionlar ligasida penalti qaytarish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
David de Xeaning o‘zi agar klub unga yangi shartnoma beradigan bo‘lsa, maoshining bir qismidan voz kechishga rozi bo‘lishini ma’lum qilgan.
Fikrlar