
"Manchester Yunayted" jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Everton"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Futbolchi 40-daqiqada o‘z o‘rnini Fredga bo‘shatib berdi.
Pogba o‘yinni davom ettira olmasligini murabbiyga ma’lum qildi va belini ushlagancha maydonni tark etdi.
Frantsiyalik futbolchi joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar